Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SAXOVAT VA KOʻMAK: Mehr-oqibat, hamjihatlik bor joyda baraka boʻladi
09:33 / 2020-06-09

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tabarruk yoshdagi kayvonilar holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmaklashish, yosh oilalarda maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi xayrli ishga bosh-qosh boʻlib kelmoqda.


Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tabarruk yoshdagi kayvonilar holidan xabar olish, ularga moddiy va maʼnaviy koʻmaklashish, yosh oilalarda maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi xayrli ishga bosh-qosh boʻlib kelmoqda.

Yaqinda vazirlik tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati Uzun tumani Oq ostona mahallasida yashovchi 71 yoshli Zulayho momo va 62 yoshli Jumagul opa xonadonlariga tuman hokimligi tomonidan shifer, yogʻoch, sement kabi qurilish materiallari begʻaraz yetkazib berildi.

Boysun tumani Paygaboshi mahallasida yashovchi 100 yoshni qarshilagan Sharofat momo va 82 yoshli Zulfin momoning tavallud kunlari munosabati bilan tuman hokimligi, mahalla faollari va jamoatchilik tashkilotlari vakillari ular holidan xabar olib, sovgʻalar topshirdi.

Mahalla vazirligi aralashuvi bilan Angor tumanida yaqinda turmush qurgan oila totuvligi mustahkamlandi.

Yosh oila – Baxtiyor Sadatov va rafiqasi Boʻritosh Xoliqova oʻrtasida olti oydan buyon kelishmovchilik chiqib, vaziyat ajrashishga borib qolgan edi. Vazirlik mutasaddilari, mahalla oqsoqollari pand-nasihatlari, koʻrsatilgan amaliy yordam tufayli bu nizoga barham berildi.