SAXOVAT VA KOʻMAK: Ikki oilaga bir boshdan sogʻin sigir
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qishloq aholisining tomorqadan unumli foydalanishini ragʻbatlantirib, kam taʼminlangan...
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi qishloq aholisining tomorqadan unumli foydalanishini ragʻbatlantirib, kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatib kelmoqda.
Shu maqsadda Toshkent viloyati Zangiota tumanida boʻlgan mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri oʻrinbosari S.Turdiyev boshchiligidagi ishchi guruh xayriya ishlarida ham tashabbus koʻrsatdi.
Xususan, ishchi guruh saʼy-harakatlari bilan tumandagi tadbirkorlar saxovat ishlariga jalb etilib, “Madaniyat” MFYda yashovchi boquvchisi yoʻq, kam taʼminlangan fuqaro Zaynab Telukabilova, ikkinchi guruh nogironi Gulnora Ismatovaga “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida bir bosh sogʻin sigir sovgʻa qilindi.