Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SAXOVAT VA KOʻMAK: ezgulikning qanoti bor...
20:39 / 2020-04-27

Bugungi kunda ham bu kabi ezgu ishlar davom etmoqda.


Yurtimizda hamisha oʻzaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvatlilikni keng targʻib etish, azaliy qadriyatlarimizni eʼzozlash kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar ulugʻlanib kelingan. Ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulugʻ insonlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilgan. Bugungi kunda ham bu kabi ezgu ishlar davom etmoqda.

Ayni kunlarda Prezidentimiz tomonidan xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusi keng quloch yoymoqda.

photo_2020-04-27_20-39-43.jpg

Bugun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat kengashi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi hamda imtiyozli kredit olgan yosh tadbirkorlar mazkur tashabbus doirasida amaliy ishlarni boshlab yubordi. Ular Zarafshon shahridagi Daugiztau va Muruntau qoʻrgʻonlaridagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdi.

– Ushbu ezgu saʼy-harakatning muborak Ramazon oyida amalga oshirilishida ham juda katta maʼno mujassam, – deydi “GLAMOUR ZARAFSHON-2020” xususiy korxonasi rahbari Yulduz Avazova. – Zero, bu ayyomda amalga oshiriladigan ehson va xayriyalar manzilli boʻladi. Shu bois xayrli tashabbus qanot yoyishi bilanoq biz ham imkoniyatimizdan kelib chiqib saxovat ishlarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirdik. Manzilimiz esa Zarafshon shahri boʻldi.

photo_2020-04-27_20-39-48.jpg

Xalqimizda “Ezgulikning qanoti bor”, degan hikmatli naql bor. Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda boʻlish, qiyin damlarida ogʻirini yengil qilish aholining davlat va jamiyatga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. Mehr-saxovatning esa katta-kichigi boʻlmaydi.