Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Saxovat uyi”dagi yolg‘iz keksalar ham ovoz berdi
18:59 / 2023-07-09

Saylov jarayonlarida ishtirok etish har bir fuqaro uchun yuksak mas’uliyat yuklash bilan birga, o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasini ilgari surish orqali davlat boshqaruvida bevosita ishtirok etish imkoniyatini beradi.

Biz albatta, bugun ovoz bergan nomzod ertaga bizning manfaatlarimizni ko‘zlagan holda O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib boradi. Shuni chuqur anglagan har bir fuqaro bugun Prezident saylovida faol ishtirok etmoqda.

Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi viloyat “Saxovat uyi”da hozirda 70 nafardan ziyod yakka-yolg‘iz qariya istiqomat qiladi. Prezident saylovida mazkur maskanda yashayotgan turli millatga mansub, yoshi ulug‘, nogironligi bor keksalar barcha qatori o‘z konstitutsion huquqlaridan foydalangan holda ovoz berdi. 

– Nuroniylarga qulaylik yaratish maqsadida hududdagi 130-saylov uchastkasi tomonidan maxsus ko‘chma ovoz berish qutilari “Saxovat uyi”ga keltirildi, – deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Ibrohim Hojiyev. – Yangi O‘zbekistonda keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlanayotganligidan mamnun bo‘lgan faxriylar islohotlar rivoji uchun munosib ko‘rgan nomzod uchun ovoz berdi.  

Qayd etish joizki, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, davlat tomonidan fuqarolarga har tomonlama sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Yangi tashkil etilgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham ushbu yo‘nalishdagi amaliy ishlarning yorqin ifodasidir.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA