Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saxovat tadbirlari byuroning maqtanish uchun koʻrsatkichi emas, balki xalq oldidagi burchidir
12:42 / 2020-04-22

Shu yilning bahori barcha mamlakatlar uchun ogʻir keldi.


Shu yilning bahori barcha mamlakatlar uchun ogʻir keldi. Koronavirus muammosiga jiddiy eʼtibor bilan qaralmaganligi sababli infeksiya butun dunyoga tarqalib ketdi. Bu ofat davlatimizni ham chetlab oʻtmadi. Natijada, xalqimizni bunday vaziyatdan eson omon olib chiqish uchun yurtboshimiz keskin choralarni koʻrib, davlatimiz hududida karantinli holatni eʼlon qildi.

Bu esa xalqimiz uchun eng toʻgʻri yoʻl boʻldi. Eʼlon qilingan karantinli davrda yuzaga kelayotgan cheklovlar sabab aholining barcha qatlamlari uyda qolmoqda.

Bunday sinovli kunlarda Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi ham chetda qarab turmasdan, navbatdagi xayriya ishlarini amalga oshirdi.

Xususan, boshqarma rahbariyati tomonidan savob yoʻlida ehsonlik qilinib, viloyatning olis hududlaridan biri boʻlgan Konimex tumanidagi 12 ta nochor oilaning xolidan xabar olinib, ularga zaruriy boʻlgan 3 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy vositalar tarqatildi.

Bundan tashqari rahbariyat tashabbusi bilan byuroning tuman, shahar boʻlimlarida oʻtgan bir hafta davomida 63 ta nochor oilaning 11 mln. 257 ming soʻmlik kommunal qarzdorliklari xomiylik asosida tadbirkorlar tomonidan toʻlab berilishi taʼminlandi.

Jami 88 ta oilaga 4 mln. 562 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilib, begʻaraz yordamlar koʻrsatildi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, koʻrsatilayotgan saxovat tadbirlari byuroning maqtanish uchun koʻrsatkichi emas, balki xalq oldidagi insoniylik burchidir.