Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saxovat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik keng namoyon bo‘ladigan muqaddas Ramazon oyi yaqinlashmoqda
14:50 / 2024-03-01

Davlatimiz rahbari bu muborak oyda ehtiyojmand insonlar, ayniqsa, farzandlarimiz holidan xabar olish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdi.

Shu bois, eshitishda nuqsoni bor 500 nafar bolaga bepul koxlear apparati va boshqa implantlar qo‘yish uchun 62 milliard so‘m ajratilishi belgilandi. Yana 2 ming nafar bola eshitish moslamasi bilan ta’minlanadi. 

Paralimpiya sport turlari bilan shug‘ullanayotgan xorazmlik 10 nafar yoshlarga 7 turdagi zamonaviy sport protez va reabilitatsiya vositalari olib beriladi. 

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. 

O‘zA