Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Saxovat karvoni” Jizzaxdan Qoraqalpog‘istonga yo‘l oldi
15:45 / 2022-07-08

Davlatimiz rahbari joriy yilning fevral oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida har bir viloyatni u yerdagi tumanlarga biriktirgan va Taxtako‘pir tumanidagi ehtiyojmand, kam ta’minlangan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish Jizzax viloyati mehnatkashlarining zimmasiga tushgan edi.

Musulmon olamining muborak bayrami – Qurbon hayiti munosabati bilan Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlaridan birin-ketin Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumani sari saxovat karvonlari yo‘lga chiqmoqda. 

Jumladan, kuni kecha Sharof Rashidov, Zafarobod, Do‘stlik, Mirzacho‘l, Paxtakor, Arnasoy tumanlarining qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan karvonlari Qoraqalpog‘iston sari yo‘l oldi.  

Ushbu tumanlardagi fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan yetishtirilgan kartoshka, sabzi, piyoz, qovun, tarvuz, go‘sht, un, yog‘ va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan “Saxovat karvoni” nuroniy otaxonlarning oq fotihasini olib – tili bir, dini bir, Vatani bir el – qoraqalpoq xalqi uchun jo‘natildi. 

Bugun Qurbon hayiti arafasida viloyatning boshqa shahar va tumanlari mehnatkashlari ham “Saxovat karvoni”ni qardosh qoraqalpoq xalqi uchun bayram tuhfasi sifatida jo‘natishni rejalashtirgan. 

A.QAYUMOV,  
J.YORBEKOV (surat) O‘zA