Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak
18:12 / 2022-04-26

Saxovatpeshalik xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Ayniqsa muborak ramazon oyida bu kabi savobli amallar ko‘lami kengaymoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi Kitob tuman bo‘linmasi vakillari tomonidan ham hududdagi kam ta’minlangan, ehtiyojmand va nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, har tomonlama rag‘batlantirilmoqda.

Xususan, tumandagi Yakkatut, H.Olimjon, Parchakent mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashash sharoiti og‘irligi sababli yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan 8 nafar fuqaro holidan xabar olinib, saxovat va ko‘mak jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Shuningdek, davolanish uchun yordam so‘rab murojaat qilgan tibbiy yordamga muhtoj 20 nafar fuqaroga ramazon oyida 27 million 200 ming so‘m mablag‘ bank plastik kartochkalariga o‘tkazib berildi.

Palandara mahallasida yashovchi Xosiyat Aliqulova bemorligi tufayli anchadan beri yotib qolgan. Muntazam davolanishni talab qiladigan kasallik oila byudjetida yetishmovchilikka sabab bo‘lmoqda. Mahalla fondi tuman bo‘linmasi xodimlari fuqaroning uyiga borib, holidan xabar oldi. Davolanish uchun saxovat va ko‘mak jamg‘armasidan 2,5 million so‘mlik moddiy ko‘mak ko‘rsatildi. Huddi shunday Qo‘shdaryo MFYda yashovchi Maftuna Toshpo‘latovaning farzandi Afsona Husanova ham tug‘ma yurak parogi kasalligidan aziyat chekadi. Shifokorlar faqat murakkab jarrohlik amaliyotini o‘tkazish orqaligina uning ahvolini yaxshilash mumkinligini aytgan. Buning uchun esa kattagina mablag‘ zarur. Ushbu fuqaroga ham saxovat va ko‘mak jamg‘armasidan 5 million so‘m moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.

Bu kabi savobli ishlar boshqa mahallalarda ham muntazam olib borilmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA