Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Savlat Mebel”da yoshlar bandligi ta’minlangan
18:10 / 2026-02-13

FOTOREPORTAJ

Yangi Namanganda tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shunday loyihalardan biri — 2023-yil sentabr oyida tashkil etilgan “Savlat Mebel” MCHJdir. Korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 50 nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlandi.

[gallery-27643]

Loyiha qiymati 10 milliard so‘mni tashkil etgan ishlab chiqarish sexida 60 turdagi mebel mahsulotlari tayyorlanmoqda. Xitoy texnologiyalari asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun korxona qoshida maxsus savdo do‘koni ham tashkil etilgan.

Kelgusida ishlab chiqarilayotgan mebel mahsulotlarini qo‘shni davlatlarga eksport qilish rejalashtirilgan.

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA