English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdogar 13 yil mobaynida to‘plagan 4 mingta choy paketidan dekoratsiya yaratdi
19:25 / 2021-06-24

Turkiyaning Burdur shahri (Onado‘li)da yashovchi 52 yoshli Uzeyir Chetin 18 yoshida choy do‘koni yurituvchisiga shogird tushganini hikoya qilib berdi. 6 yildan so‘ng o‘z biznesini ochgan Chetin 28 yildan buyon Burdur savdogarlariga choy yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. 13 yil avval atrof-muhitni qog‘oz chiqindilardan asrash maqsadida do‘konida choy paketlarini yig‘ishni boshlagan. Bugungacha taxminan 4 ming choy paketini yig‘ib, do‘konida bezak sifatida ishlatgan savdogar sevimli mashg‘ulotini ish faoliyati bilan birgalikda davom ettirganini aytadi.

— Men choy savdogari bo‘lgan ustozimning bosh shogirdi edim. Keyinchalik ushbu biznesni davom ettira turib choy paketlarini yig‘ish xayolimga keldi. Keyinchalik bu "xobbi"ga aylandi. 13 yil davomida 4 mingga yaqin choy paketini to‘pladim. Bundan tashqari, 2011-2012 yillarda Anqarada bo‘lib o‘tgan Xalqaro qog‘oz ko‘rgazmasida ishtirok etdim va 3-o‘rinni egalladim. Keyingi ko‘rgazmaga qadar yana kolleksiya yig‘ishda davom etishga harakat qilaman, — deydi Uzeyir.