French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdoda gender tengligining ahamiyati
08:48 / 2021-09-22

Mamlakatimizda opa-singillarimizning siyosiy-huquqiy bilimini oshirish, kasbiy, jismoniy, ma’naviy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga, alohida e’tibor qaratilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida  o‘tgan “Gender muammolarini inobatga olgan holda xalqaro savdo-sotiq tartibotlarini soddalashtirish” mavzusidagi trening so‘zimiz isboti.   Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad Markaziy Osiyoda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznes imkoniyatlarini kengaytirish va transchegaraviy elektron tijorat orqali ichki va xalqaro miqyosda savdoni rivojlantirishdan iboratdir.

Tadbirda “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi koordinatori Nigora Jamolova,          Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona instituti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi, bojxona xizmati podpolkovnigi Nilufar Ahmedova  “Markaziy Osiyo savdoga tayyor” (Ready4Trade CA) loyihasining milliy maslahatchisi Akmal Azimov hamda DBQ xotin-qizlar kengashi raisi Umida Pirmuhammedova ishtirok etdi.

bugungi kunda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasida xizmat qilayotgan xodimlarning 89 nafarini (12,6%) ayol xodimlar tashkil etadi.  

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ayol xodimlar tomonidan jami 27 ta bojxona qoidalari buzilishi holatlari aniqlanib, umumiy qiymati 544 mln. so‘mdan ziyod bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarining Respublikamiz chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishi oldi olingan. Shuningdek,  349 ta holatda bojxona kirim orderlari asosida 299 mln. 267 ming so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilgan.

Seminar davomida ma’ruzachilar tomonidan ayol xodimlarga mazkur loyihaning mazmun-mohiyati, gender tenglik nima ekanligi va jamiyat uchun qanchalik muhimligi, gender omillarining savdo bilan bog‘liqligi, transchegaraviy savdoda ayollar duch keladigan muammolar, ayollarning savdodagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlash uchun savdoni soddalashtirish  jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Qolaversa, treninglar davomida savdoda ayollarning ishtiroki muhim makroiqtisodiy foyda keltirishi,  savdo bilan shug‘ullanadigan ayollarga tadbirkorlikni yuritishda yordam beradigan tegishli choralar ko‘rilsa, savdo gender tengligini ta’minlashda kuchli katalizator bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA