Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin
09:59 / 2022-10-31

“Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Mazkur qaror loyihasiga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini belgilashga uch yillik moratoriy joriy etiladi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik sub’ektlariga yangi majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar ular rasman e’lon qilingandan boshlab, olti oydan oldin bo‘lmagan muddatda kuchga kiritiladi.  

Shuningdek, cavdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali bekor qilinadi hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq qonunchilik talablarini rioya etmaganlik uchun belgilangan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamida 30 foizga kamaytiriladi. Tadbirkorlik sub’ektlariga majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan olti oy davomida javobgarlik choralari qo‘llash taqiqlanadi.  

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan mikro va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy sanksiya choralari qo‘llanilmaydi hamda huquqbuzarliklarni aniqlagan tegishli nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularni bartaraf etishga qaratilgan va huquqbuzarlikka yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi. Tergovga qadar va jinoyat ishlari doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan jarimalar bundan mustasno.  

Shu bilan birga, tadbirkorlik faoliyatida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha aybga iqror bo‘lganda va ushbu huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima belgilangan miqdorga nisbatan ikki baravarga kamaytiriladi.  

2023 yil 1 yanvardan boshlab Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan har chorakda vazirlik, idoralar va hokimliklar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha faoliyatini tahlil qilish va samaradorligiga baho berish amaliyoti joriy etiladi.  

 

O‘zA