Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo yarmarkalaridan aholi mamnun
10:56 / 2020-12-31

Poytaxtimizdagi «Farhod» dehqon bozori bayram arafasida odamlar bilan yanada gavjum. Aksariyat xaridorlar arzonlashtirilgan yarmarkadan savdo qilmoqda.

- Bu Toshkent shahridagi arzon va sifatli mahsulotlar sotiladigan bozorlardan biri, - deydi o‘qituvchi Kamola Quvondiqova. - Dasturxonimiz to‘kin bo‘lsin, yilimiz yaxshi, to‘kin yil bo‘lib kelsin, deb ertalabdan Yangi yil dasturxonimiz uchun kerakli mahsulotlarni olgani keldim. Narxlar yomon emas. Ayniqsa, maxsus yarmarkada mahsulotlar ancha hamyonbob.

Bozorda yurgan har bir odamning yuzida ko‘tarinki kayfiyat balqib turibdi.

- Bozorimizda 15 dekabrdan boshlab yarmarka tashkil etilgan, 10 yanvarga qadar Toshkent shahri aholisi arzonlashtirilgan mahsulotlardan xarid qilishi mumkin, -deydi bozor ma’muri Bekzod Husniddinov. - Bunda 233 nafar tadbirkor, 100 nafar sotuvchi bizga yaqindan yordam bermoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqimizni rozi qilish.

D. Mamatova, O‘zA