Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo yarmarkalari tashkil etildi
16:09 / 2026-02-20

Andijon viloyatining barcha tuman, shaharlari markazlarida muborak Ramazon oyi munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Shu kunlarda aksariyat yurtdoshlarimiz dinimiz farzlaridan biri – Ramazon ro‘zasini tutib, ro‘za ibodatlarini ado etmoqda. 

Prezidentimizning joriy yil 16-fevraldagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ushbu muborak oy davomida bozorlardagi narx-navolar barqarorligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan savdo yarmarkalarida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining arzon narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yildi. 

[gallery-27779]

Yarmarkalarda sifatli va sarxil mevalar, sabzavot va poliz, shuningdek, asal, sut, tuxum, go‘sht, baliq, umuman, 60 dan ortiq turdagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xaridorlarga taqdim etilmoqda.

Andijon shahrining Markaziy hamda Yangi bozor dehqon bozorlari hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarida xaridorlarga mol go‘shti kilosi 70-90 ming, pista yog‘i bir litri 20 ming, paxta yog‘i 18 ming, shakar kilosi 12,5 ming so‘m, guruch 10-15 ming so‘m, tuxumning donasi ming so‘m, piyozning kilosi 2 ming, sabzi 3 ming, kartoshka 4 ming so‘mdan sotilmoqda. 

– Ramazon oyi munosabati bilan tashkil etilgan yarmarkada sotilayotgan mahsulotlar bozor narxidan arzonligidan, albatta, xursandmiz, – deydi Andijon tumani, Yuksalish mahallasida yashovchi, mehnat faxriysi Xoldarboy Hamraqulov. – Bozorlarda narx-navoning ko‘tarilib ketmasligi uchun ko‘rilayotgan choralar, xalqimizga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun, avvalo, yurtboshimizga, qolaversa, shu kabi xayrli ishlarning boshida turgan barcha rahbarlarga rahmat.

Arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati Ramazon oyi yakuniga qadar davom etadi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.