Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo urushi jahon iqtisodiyotiga qanchaga tushdi?
17:39 / 2025-08-15

“Bloomberg” agentligi AQSHda import boji o‘tgan asr 30-yillaridan beri eng yuqori darajaga yetgani, Amerika ma’muriyati tomonidan boshlangan global savdo urushi esa 2027 yil oxiriga kelib jahon iqtisodiyotiga 2 trillion dollarga tushishini ta’kidlamoqda.

Bloomberg сообщил о готовности Китая к «жесткой игре» из-за пошлин Trampа —  РБК

– AQSHda tarifning umumiy darajasi Donald Tramp prezidentlik lavozimini egallagandan buyon taxminan olti barobar yuqoriladi, – deyilgan xabarda.

Yaqinda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Donald Tramp tarif bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bitim natijasida, xususan, Yevropa Ittifoqining AQSHga jo‘natayotgan, deyarli, barcha mahsulotlari uchun endi 15 foizlik boj joriy etiladigan bo‘ldi. Qolaversa, bu yevrohudud iqtisodiyotiga sezilarli yengillik keltirmasligi ta’kidlangan. Ya’ni, YeI yalpi ichki mahsuloti yiliga 0,4 foiz qisqarishi bashorat qilinmoqda.

Bloomberg подсчитал, во сколько обойдется торгоvaя война мировой экономике  - РИА Новости, 28.07.2025

Xavotirli ishora GFRdan ham kelyapti. Masalan, Germaniya sanoat federatsiyasi ijroiya kengashi a’zosi Volfgang Nidermark, hatto, 15 foizlik stavka ham Germaniyaning eksportga yo‘naltirilgan sanoatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytgan.

Ustiga-ustak, global sarmoya oqimi ham sustlashmoqda. Buni G7 a’zolari ham tasdiqladi. Ularning fikricha, global to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya  o‘tgan yil 11 foiz qisqarib, 1,5 trillion dollarni tashkil etgan. Bunday pasayish ketma-ket ikkinchi yil kuzatilyapti.

– Savdo tarangligi kuchayishi, siyosiy tarqoqlik va iqtisodiy beqarorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya miqdori keskin kamayishiga sabab bo‘lyapti, – deyilgan maqolada.

Urush har doim xalq boshiga kulfat yog‘dirib, iqtisodiyotga ulkan ziyon keltirgan, rivojlanishni ortga surgan. Afsuski, qon to‘kilmasa-da, vayronagarchilikka sabab  bo‘lmasa-da, qudratli davlatlar o‘rtasidagi savdo urushi ham dunyo xalqlari uchun mislsiz sinovga aylanishi turgan gap.

Saidmurod Rahimov, O‘zA sharhlovchisi