Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo-sanoat palatasining qurultoyi
11:49 / 2021-06-17

Savdo-sanoat palatasining navbatdagi qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T.Norboyeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.Gulyamov, senatorlar va deputatlar qatnashdi.

Oliy Majlis Senatining Raisi T.Norboyeva respublikamizda tadbirkorlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli chora-tadbirlar, sohada yaratilgan shart-sharoitlar hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Oxirgi to‘rt yilda eksportga jalb etilgan korxonalar soni qariyb 2 barobar ko‘payib, 7 mingtaga yetdi. Ular tomonidan 1 ming 300 dan ortiq mahsulot eksporti o‘zlashtirildi.

– bugungi kunga qadar palata tomonidan 103 mingdan ortiq fuqaro tadbirkorlik asoslariga o‘qitilgani, joriy yilda yana 140 mingdan ortiq ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish bo‘yicha ish olib borilayotgani, ayniqsa, e’tiborga sazovordir. Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlik sohasini iqtisodiyotimiz “drayveri”ga aylantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarda Parlamentning barcha imkoniyatlarini safarbar etamiz, –dedi Senat raisi.

Qurultoyda Biznes-ombudsman D.Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Davletov o‘z yo‘nalishlari doirasida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berishdi.

Qurultoyda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2017-2021 yillardagi faoliyati bo‘yicha hisoboti eshitildi va navbatdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Qurultoyda tadbirkorlik faoliyatiga ko‘maklashish borasida palata tomonidan olib borilgan ishlar, aholi o‘rtasida biznesni ommalashtirish, tadbirkorlik sub’ektlarini o‘qitish va kadrlar tayyorlash, hunarmandchilik sohasini rivojlantirish va boshqa ishlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.

Palata ko‘magida 600 dan ortiq xorijiy kapital ishtirokidagi korxona tashkil etilib, jalb etilgan investitsiyalar qiymati 847 million AQSH dollarni tashkil etadi.

O‘zA