French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo-sanoat palatasiga tadbirkorlarning a’zo bo‘lishi ixtiyoriy etib belgilanyapti
10:14 / 2024-03-12

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur loyiha Prezidentimizning 2023-yil 23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash hamda tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularning manfaatlarini sudlarda samarali ta’minlash, respublikada biznes muhitning jozibadorligini oshirish maqsadida ishlab chiqildi.  

Qonun loyihasi Palata tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudlarda huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishga va samarali ta’minlashga, kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarining Palataga a’zo bo‘lishini ixtiyoriy etib belgilanishiga olib keladi.  

Shuningdek, tadbirkorlarni Palata a’zoligiga a’zolik badallaridan ozod qilingan holda tekin qabul qilinishiga, tashqi beg‘araz grant loyihalarini amalga oshirishni soddalashtirgan holda mahalliy tadbirkorlarni xalqaro ishbilarmonlik hamjamiyati bilan integratsiyalashuvining jadallashishiga xizmat qiladi.  

Deputatlar ushbu loyihani tadbirkorlar manfaatlariga xizmat qilishini inobatga olgan holda birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatladi.  

 

M.Komilova, O‘zA