Jenevada o‘tkazilayotgan O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhning 6-yig‘ilishida Bojxona qo‘mitasi vakillari faol ishtirok etmoqda. Unda respublika savdo rejimining barcha jihatlariga taalluqli 10 dan ortiq yangi hujjatlar ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi delegatsiya Shveysariyaning Jeneva shahrida JST Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda mamlakatimizning tashkilotga a’zo bo‘lishini jadallashtirish maqsadida JSTga a’zo barcha davlatlar bilan tovar va xizmatlar bozorlariga kirib borish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralarni faollashtirish va ularning yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnomalarni imzolash zarurligi qayd etildi.
Bojxona qo‘mitasi vakillari tomonidan xalqaro ekspertlarning O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasi, mavjud qonunchilikni savdoni soddalashtirish bo‘yicha xalqaro normalarga uyg‘unlashtirish, bojxona qiymatini belgilashga doir savollariga atroflicha javob berildi.

O‘zA