Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo kompleksi energetika tizimiga 1,3 milliard so‘mlik zarar yetkazdi
18:06 / 2025-11-11

Elektr energiyasi hayotimizda muhim resurs sanaladi. Uning to‘g‘ri va samarali iste’moli iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy foyda uchun katta ahamiyatga ega.

Shunga qaramay, ba’zi korxona va tashkilotlarning noqonuniy yo‘llar bilan elektr energiyasidan foydalanish holatlari kuzatiladi.

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatining xabar berishicha, yaqinda shunday holat Xiva shahrida aniqlandi.  Unga ko‘ra,  ushbu shahardagi “X. X.” MCHJga mansub savdo kompleksida elektr hisoblagichining ulanish sxemasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirilgan va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Elektr ta’minoti korxonasi tomonidan olib borilgan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik 1 milliard 345 million so‘mlik moddiy zarar keltirgan.  

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA