Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi
15:12 / 2021-05-15

Toshkentda 14-15 may kunlari O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda raisligida o‘tgan majlisda davlatlarimiz rahbarlarini sa’y-harakatlari bilan so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalar yanada kengayib borayotgani, Davlatlarimiz rahbarlari tomonidan savdo–iqtisodiy aylanmasini yaqin kelajakda bir milliard AQSH dollariga yetkazish vazifasini qo‘yilgani qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning bu galgi yig‘ilishidan ko‘zlangan maqsad ushbu hamkorliklarni yanada chuqurlashtirishning maqbul va samarali nuqtalarini muhokama qilib olishdir.

Majlisda pandemiya sharoitida ham savdo-iqtisodiy hamkorligimiz ko‘lami pasaymagan bo‘lsa-da, bu borada erishgan yutuqlar mamlakatlarimizning iqtisodiy salohiyati darajasida emasligi ta’kidlandi.

Savdo-iqtisodiy va sanoat kooperatsiyasini yanada chuqurlashtirish ikki davlat manfaatlari uchun birdek manfaatlidir.

Majlis so‘nggida Ikki davlat Bosh vazirlari O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonnomani imzoladi.

Mazkur tashrif doirasida Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtimizdagi bir qator sanoat korxonalariga, jumladan Yashnobod tumanida joylashgan «Texnopark» majmuasida, Qurilish sohasi uchun keramik plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Orient Ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyatida, Sergeli tumanidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarilayotgan “Dentafill Plyus” korxonasida, O‘zbekistonda amalga oshirilgan eng noyob loyihalardan hisoblangan «Pollada Investment» yoki "Imzo" fabrikasida ham bo‘lib, mazkur korxonalarning ishlab chiqarish jarayonlari, tayyor mahsulotlari bilan tanishdi.

Tojikiston delegatsiyasi poytaxtimizdagi yaqinda ishga tushirilgan Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish markazini ham borib ko‘rdi.

Tojikiston Bosh vaziri poytaxtimiz sanoat korxonalarining faoliyatiga yuqori baho berdi. Ularda ishlab chiqarilayotgan sifatli mahsulotlarga Tojikistonda ham ehtiyoj yuqoriligini alohida qayd etdi.

Saidmurod RAHIMOV, O‘zA