Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo-iqtisod instituti yangi zamon mutaxassislarini tayyorlaydi
19:46 / 2025-07-03

Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bugunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Ha, hozirgi mutaxassis uchun kompyuterni bilish, ingliz tilida so‘zlashish, iqtisod qonunlaridan xabardor bo‘lish yetarli emas. Chunki oliy ta’lim muassasasi tayyorlayotgan mutaxassis bugun emas, ertangi hayotning davomchisi. U iqtisod, jamiyat, hatto siyosatdan ham oldinroq yura bilishi lozim.

Xo‘sh, shunday xodim, menejer, rahbarlar qayerda tayyorlanadi? Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlat rahbarlarining Sian Deklaratsiyasida bu masalaga ham alohida urg‘u berilgan. Unga asosan Sindao iqtisodiy hududida “SHHT savdo-iqtisod instituti” tashkil etildi.

Hozir bu yerda 500 ga yaqin turli mamlakatlardan kelgan talaba yangicha o‘qitish uslubida va yo‘nalishlarda tahsil olmoqda. Bu yerga tashkilotga a’zo mamlakatlarning yetuk professor-o‘qituvchilari jalb etilgan. Masalan, O‘zbekistondan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tajribasidan foydalaniladi. Iqtisod, moliya, bank, bojxona, tahliliy iqtisod, xalqaro huquq kabi fan va yo‘nalishlarda talabalarga chuqur bilim beriladi. Darslar va mavzular asosan amaliyotchilar ishtirokida bahs-munozara tarzida olib boriladi.

– Men Dushanbe shahridanman, – deydi Jamshid Shamsiyev. – Birinchi bosqichni tamomladik. Unda asosiy fanlar qatorida xitoy tilini ham o‘rgandik. Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi. Institutda o‘qish, yotoqxona bepul. Ammo o‘zlashtirish reytingi yuqori bo‘lishi talab etiladi. Biz endi ikki yil Shandun iqtisod universitetida o‘qishni davom ettiramiz. Keyin yana bu yerga qaytamiz.

SHHT savdo-iqtisod instituti tarkibida sohaga doir ilmiy tadqiqot instituti ham bo‘lib, u yerda savdo bilan bog‘liq onlayn platformalar samaradorligi, rentabellik, marja, teng manfaatlar kabi loyihalar ustida izlanishlar olib boriladi hamda tegishli ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar beriladi.

Institut bitiruvchilari ya’ni yuqori malakali mutaxassislar uchun Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tizimida ishlash kafolatlangan.

Muhammadjon Obidov, O‘zA

Sindao, Xitoy