French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Savdo inqirozining “qo‘li” yetmagan joy qolmayapti
16:49 / 2025-04-24

Tanzaniya o‘sib borayotgan savdo mojarolari fonida Janubiy Afrika va Malavidan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini taqiqladi, deb yozmoqda “BBC” nashri.

– Biz bu ishni o‘z manfaatlarimizni himoya qilish uchun qilyapmiz, -dedi mamlakat qishloq xo‘jaligi vaziri Husayn Bashe. – Biznesda hamma bir-birini hurmat qilishi kerak.

Janubiy Afrika ko‘p yillar davomida Tanzaniyadan banan olib kirishni taqiqlab kelmoqda. Malavi esa shimoliy qo‘shnisidan un, guruch, zanjabil, banan va makkajo‘xori importini to‘sib qo‘ydi.

Uzoq yillik savdo muammolarini hal qilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar hozircha muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ammo Bashe muzokaralar davom etayotganini ta’kidlamoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA