Saudiyadagi fuqarolarimiz o‘zlari tanlagan nomzod uchun ovoz bermoqda
Saudiya Arabistonida ziyorat maqsadida yoki xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari uchun tashkil etilgan saylov uchastkalarida barcha sharoiti yaratildi. Yurtdoshlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayonida qatnashib, munosib nomzodga ovoz berishmoqda.
Ta’kidlash joiz, mamlakatimizning Jidda shahrida joylashgan Bosh konsulxonasidagi 39-uchastka ziyoratchilar ovoz berishi uchun shay holga keltirilgan.


Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA