Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiyada “Tinchlik formula”si muhokama qilinadi
14:00 / 2023-07-31

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbari Andrey Yermak ijtimoiy tarmoq orqali Saudiya Arabistonida davlat rahbarlari maslahatchilari tomonidan Ukraina “tinchlik formula”si muhokama qilinishini tasdiqladi.

Avvalroq “Wall Street Journal” “Saudiya avgust oyida Jidda shahrida Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokarasi o‘tkazmoqchi” mazmunida xabar tarqatgan edi. Uchrashuvda 30 davlatdan vakil ishtirok etishi, lekin Rossiya taklif etilmagani aytilgan.  

Ta’kidlanishicha, “Tinchlik formulasi” bandlarini 50 dan ortiq mamlakat allaqachon muhokama qilmoqda.  

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Zelenskiyning “Tinchlik formulasi” ultimativ shakldagi talablar to‘plami ekanini ta’kidlab, Kiyev ushbu hujjat yordamida Rossiyadan reparatsiya undirish, RF hukumati ustidan sud tashkil etishni ko‘zlamoqda, degan.