Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya xorijliklar uchun kapital bozorini ochadi
15:00 / 2026-01-08

Saudiya Arabistoni Podshohligi xorijiy investorlar mamlakat fond bozoriga kirishiga qo‘yilgan cheklovni bekor qilmoqda.

Kapital jalb qilish bo‘yicha sa’y-harakatni rivojlantirish maqsadida Saudiya mamlakat tarixidagi eng yirik moliyaviy bozorni liberallashtirish tashabbusini ilgari surdi.

Xususan, Kapital bozori boshqarmasi tomonidan malakali xorijiy investor rejimi bekor qilinmoqda. Joriy yil 1 fevraldan barcha xorijiy investorlar "Tawadul" fond birjasida sotiladigan aksiyalarni xarid qilishi mumkin.

Hozirgacha faqat 500 million dollarlik boshqaruv aktiviga ega yirik xorijiy investorlargina mazkur birjaga kira olgan.

"Gulf news" xabariga ko‘ra, "Tawadul" fond indeksining umumiy ko‘rsatkichi o‘tgan yil 13 foiz pasaydi. Shu bois rasmiylar xalqaro miqyosda kapital jalb qilish orqali savdo faoliyatini kuchaytirish niyatida.

G.Sattorova, O‘zA