Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya va Pokiston o‘zaro mudofaa shartnomasini imzoladi
10:23 / 2025-09-18

Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud va Pokiston Bosh vaziri Muhammad Shahboz Sharif o‘zaro mudofaa shartnomasini imzoladilar. Bu kelishuv hujumga uchraganda har ikki davlat birgalikda javob berishni nazarda tutadi, deyilgan Sharifning Podshohlikka tashrifi yakuni bo‘yicha berilgan bayonotda.

— Mazkur qo‘shma strategik hujjat ikki davlatning mintaqa va butun dunyoda xavfsizlikni mustahkamlash, tinchlik hamda xavfsizlikka erishish borasidagi sa’y-harakatining bir qismi, — deya Saudiya davlat axborot agentligi SPA Bosh vazirdan iqtibos keltirgan.  

— Kelishuv mudofaa sohasidagi o‘zaro hamkorlikning turli yo‘nalishlarini rivojlantirish, har qanday tajovuzga qarshi o‘zaro tiyib turishni kuchaytirishga qaratilgan. Bitimda ikki davlatdan biriga qarshi har qanday tajovuz har ikki davlatga qarshi tajovuz sifatida baholanishi ko‘zda tutilgan.

S.Rahimov, O‘zA