Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya va Malayziya tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
22:59 / 2023-07-12

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon bugun Jakartada Malayziya tashqi ishlar vaziri Zambri Abdul Qodir bilan uchrashdi. Bu haqda “Arabnews” xabar berdi.

Vazirlar har ikki mamlakat manfaatiga xizmat qiladigan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini ko‘rib chiqdilar.

Shuningdek, eng muhim mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha qilingan sa’y-harakatlarni muhokama qildilar.

Shahzoda Faysal Indoneziya poytaxtiga tashrifi chog‘ida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi bilan do‘stlik va hamkorlik shartnomasini ham imzoladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA