Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya va Kot-d`Ivuar qo‘shma biznes kengashi tuziladi
10:54 / 2023-11-12

Saudiya Arabistoni va Afrika g‘arbida joylashgan Kot-d`Ivuar savdo va sarmoyani kengaytirish maqsadida qo‘shma biznes kengashini tashkil etish bo‘yicha anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar berdi “Arab yangiliklari” – “Arab news” nashri.

Shartnoma poytaxt Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan Saudiya – Afrika sammiti doirasida Qirollik Palatalari federatsiyasi rahbari Hasan bin Mujib Al-Huvayziy va Kot-d`Ivuar Ish beruvchilar uyushmasi raisi Ahmad Sisse tomonidan imzolandi.

Kengash savdo-sotiq, investitsiya va qo‘shma iqtisodiy korxonalarni rivojlantirish uchun tijorat faoliyatini tashkil etish va reklama kampaniyasini olib borish uchun javobgar bo‘ladi. Shuningdek, ikki davlat biznes vakillari faoliyatini o‘zaro tanishtirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun maydon yaratadi. Natijada iqtisodiy hamkorlikning yangi sifat yo‘nalishlari ochilib, izchillik ta’minlanadi, imkoniyat va bozor haqida ma’umot almashiladi, ko‘rgazma va konferensiya, savdo delegatsiyalari tashrifi tashkil etish imkoni paydo bo‘ladi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA