Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Turkiyaga 2 milliard dollar ajratadi
14:12 / 2026-02-04

Saudiya Arabistoni Istanbulda qiymati 2 milliard dollarlik yirik quyosh energetikasi loyihasini amalga oshiradi. Turkiya energetika vaziri Alparslon Bayroqdor ma’lum qilishicha, shu haqdagi kelishuv Ar-Riyodda imzolangan.

Dastlabki bosqichda Sivas va Karaman viloyatlarida 2 000 megavattlik stansiyalar barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda quyosh va shamol elektr ob’ektlarining umumiy quvvati 5 000 megavattga yetkaziladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tashabbus energetika sohasidagi muhim xorijiy investitsiya loyihalari bo‘lib, to‘liq tashqi moliyalashtirish hisobidan amalga oshiriladi. Iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashda xalqaro moliya institutlari ham ishtirok etadi.

Rejadagi quyosh stansiyalari 2,1 milliondan ziyod xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash imkonini beradi. Bu Turkiyaning qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish va energetika mustaqilligini kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadami sifatida baholanmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA