Saudiya qishki Osiyo o‘yinlarini o‘tkazmoqchi
Saudiya Arabistoni tomonidan 2029 yilga belgilangan qishki Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risida Osiyo Olimpiya kengashiga taqdim etilgan talabnomani Birlashgan Arab Amirliklari qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda OOK xabar tarqatdi.
Axborotda aytilishicha, Saudiya mamlakatning birinchi chang‘i kurorti maskani hisoblangan Troyenda qishki qit’a o‘yinlarini qabul qilish istagini bildirgan.
Ayni masala har ikki davlat sport mutasaddilari tomonidan Islom birdamligi o‘yinlari davomida muhokama qilingan.
Ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistonida qishki Osiyo o‘yinlari o‘tkazilishi qishki sport turlarini G‘arbiy Osiyoda ham ommalashtirishga hissa qo‘shadi.
Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror joriy yil 4 oktyabr kuni Kamboja davlatida o‘tadigan Osiyo Olimpiya kengashi Bosh assambleyasida chiqariladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA