Saudiya Arabistonida sodir bo‘lgan ayanchli YTHda o‘zbekistonliklar aniqlanmadi
27 mart kuni Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchrashi natijasida 20 kishi halok bo‘ldi.
2023 yil 28 mart kuni Saudiya Arabistonida Umra ziyoratchilari ketayotgan avtobus halokatga uchragani to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi mazkur avtobusda o‘zbekistonlik fuqarolar yo‘qligini ma’lum qilib, voqea yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 27 mart kuni yamanlik yo‘lovchilar bo‘lgan avtobus Saudiya Arabistonining Abha shahridagi ko‘prikdan o‘tayotgan vaqtda tormoz tizimidagi nosozlik sababli yengil avtomobil bilan to‘qnashib yonib ketgan. Ushbu mash’um hodisa oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tan jarohati olgan.
O‘zA