Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistonida Eron elchixonasi ochildi
17:15 / 2023-05-01

Eron elchixonasi Ar-Riyodda faoliyatini boshladi, shuningdek, Jiddada Eron bosh konsulxonasi va Islom hamkorligi tashkilotidagi vakolatxonasi ham ochildi, deb bayonot berdi Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Qonuniy IRIB agentligiga bergan ma’lumotida.

“Eron Islom Respublikasining uchta vakolatxonasi – Ar-Riyodda elchixonasi, Jiddada bosh konsulxonasi hamda Islom hamkorligi tashkilotidagi vakolatxonasi odatiy tartibda ish boshladi”, – deyiladi Qonuniy bergan xabarda.  

Mart oyi boshida Xitoy vositachiligida Tehron va Ar-Riyod diplomatik munosabatlarni qayta tiklashga hamda ikki oy ichida elchixonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olgan edi.