Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistonida cho‘l o‘rtasida ekstremal park ochildi
18:12 / 2026-02-04

Saudiya Arabistonida “Six Flags Qiddiya City” ekstremal attraksionlar parki rasman ishga tushdi, deb xabar bermoqda “Logos Press” nashri.

Beshta jahon rekordini yangilagan mazkur park mamlakat poytaxti Ar-Riyoddan 45 km uzoqlikda, cho‘lning o‘rtasida joylashgan.

Hozircha parkda hammasi bo‘lib 28 ta attraksion mavjud, keyinchalik bu yerda kibersport arenasi, stadion va akvapark qurilishi ham rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, yangi park Shimoliy Amerikadan tashqarida qurilgan birinchi “Six Flags” ob’ektidir. Ko‘ngilochar bog‘ning qurilishi 4 yil davom etgan. Majmua maydoni qariyb 32 gektar bo‘lib, unda restoranlar va savdo maydonchalari mavjud. Parkka kirish uchun chipta narxi taxminan 84,5 dollardan boshlanadi.

O‘.Alimov, O‘zA