Saudiya Arabistoni Tehronga yangi elchi tayinladi
Saudiya Arabistoni Tehronga yangi elchisini tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vaziri Xoseyn Amir Abdollaxiyan bayonot berdi.
“Saudiya Arabistoni Eronga yangi elchi tayinlanishini ma’lum qildi. Biz ham tez orada ar-Riyodga diplomatik vakilimizni taklif qilamiz”, deya vazirning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Tasnim” agentligi.
“Bir necha haftadan beri elchixonamiz va Bosh konsullik ochilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, dedi vazir.
10 mart kuni Eron va Saudiya Arabistoni ikki oy ichida diplomatik munosabatlarni tiklash va elchixonalarini ochishga kelishib olgan edilar. Ikki davlat vakillari Pekinda muzokaralar olib borib, bu haqda bayonot bergandilar.
Ar-Riyod va Tehron o‘rtasidagi munosabatlar 2015 yilning mart oyida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamanda harbiy amaliyot boshlanishi bilan buzilgan edi.
O‘zA