Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistoni Suriyada diplomatik vakolatxonasini ochadi
19:20 / 2023-05-10

Saudiya Arabistoni Suriyada diplomatik vakolatxonasini qayta ochish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda “SPA” agentligi TIV matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Suriyada demokratik norozilik namoyishlari keskin bostirilishi tufayli 2011 yil noyabrida uning ushbu tashkilotdagi a’zoligi to‘xtatilgan edi. Mamlakatda boshlangan inqirozdan to shu kungacha 500 ming kishi halok bo‘lgan, millionlab odamlar o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lishgan.

7 may kuni Arab Ligasiga a’zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari Suriyaning tashkilotga qaytishi to‘g‘risida qaror qabul qiladilar.

Ar-Riyod Damashq bilan diplomatik aloqalarini 2012 yilning yozida uzgan edi. Suriya bilan arab davlatlari ichida birinchi bo‘lib Birlashgan Arab Amirliklari munosabatlarini tiklagan bo‘lib, u 2018 yilda Damashqda o‘z elchixonasini ochgan edi. “AFP” agentligi ta’kidlaganidek, Suriyaning boshqa davlatlar bilan yaqinlashuvi joriy yilning fevralida Turkiya va Suriyada jami 60 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan yirik zilziladan keyin boshlangan.

O‘zA