Saudiya Arabistoni SHHTga qo‘shiladi
Bugun Saudiya Arabistoni Vazirlar Mahkamasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi, deb xabar berdi “Reyter” axborot agentligi.
Mamlakatning SHHTga qo‘shilishi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning o‘tgan yil dekabr oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida muhokama qilingan edi.
Tashkilot nizomiga ko‘ra, to‘laqonli a’zo bo‘lishdan oldin muloqot bo‘yicha hamkor maqomi beriladi.
Ekspertlar fikricha, ushbu qaror XXR va Qirollik o‘rtasida energetika sohasidagi ko‘p yillik yaqin hamkorlikdan so‘ng qabul qilindi. Xitoy o‘tgan yil kuniga 1.75 million barrel mahsulot sotib olib, Saudiya neftining asosiy xaridori sifatida AQSHni ancha ortda qoldirdi.
O‘zA