Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistoni – O‘zbekistonqo‘shma qo‘mitasi oltinchi yig‘ilishi
22:21 / 2023-12-24

“SPA” axborot agentligi Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston qo‘shma qo‘mitasi oltinchi majlisi tafsilotini batafsil yoritdi.

Maqolada Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid bin Abdulaziz Al-Folih “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va Qirollikning 2030 yilga mo‘ljallangan istiqboli va Milliy investitsiya strategiyasida belgilangan maqsadlar muvofiq kelishi ta’kidlangan, Saudiya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi sa’y-harakati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi urg‘ulangan. Shuningdek, ikki davlat  xususiy sektorlarini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etishi, mazkur uchrashuvda hamkorlikning aniq yo‘nalishlariga e’tibor qaratilishi qayd etilgan.

Muallif O‘zbekistonda umumiy qiymati qariyb 31 milliard dollarlik 50 ta investitsiya tashabbusi ilgari surilgani, ushbu loyihalar “O‘zbekiston-2030” strategiyasi maqsadlari doirasida nazarda tutilgan 110 milliard dollarlik xorijiy investitsiya joriy etilishini ta’minlashiga to‘xtalgan.
Tomonlar energetika, qayta tiklanadigan energiya, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, inson resursini rivojlantirish sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, buning uchun zarur sarmoya kiritish bo‘yicha erishilgan yutuqlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuv yakunida qo‘mita oltinchi yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi. Mazkur hujjat asosida ko‘plab qo‘shma tashabbus, dasturlar, shuningdek ikki mamlakat xususiy sektori o‘rtasida qator anglashuv memorandumlari imzolandi.

Muharrama Pirmatova, O‘zA