Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistoni Isroil bilan munosabatlarni yaxshilash shartlarini ma’lum qildi
13:41 / 2024-01-22

Saudiya Arabistoni bilan Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash uchun mintaqada barqarorlik zarur, bunga esa Falastin muammosini hal qilish orqali erishiladi, deb bayonot berdi podshohlik tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxan As-Saud “CNN” telekanaliga bergan intervyusida.

“Mintaqada hammamiz uchun, jumladan, Isroil uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy foydali bo‘ladigan haqiqiy tinchlikka, chinakam barqarorlik va integratsiyaga erishish yo‘li o‘zaro ishonch va Falastin davlati tuzilishiga olib keladigan ortga qaytmas jarayon orqali bo‘lishi kerak. Biz, nafaqat Saudiya Arabistoni, balki arab davlatlari ushbu jarayonda ishtirok etishga tayyormiz. Umid qilamanki, bunga isroilliklar ham tayyor”, – degan As-Saud. 

Xabarda ta’kidlanishicha, “CNN” muxbirining mazkur shartlar bajarilmasa Isroil bilan munosabatlar yaxshilanmaydimi, deb bergan savoliga u qat’iy ravishda, ha, deb javob bergan. 

“Faqat shu yo‘l bilan maqsadga erishishimiz mumkin. Shunday ekan, bizga barqarorlik kerak, barqarorlik esa Falastin masalasi hal qilinsagina bo‘ladi”, – degan vazir.