Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistoni elchisi: Markaziy Osiyo mamlakatlari tinchlikni barqarorlashtirishda muhim o‘rin tutmoqda
10:56 / 2022-09-29

Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barqarorlashtirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega, dedi Saudiya Arabistonining Ashxaboddagi elchisi Said Osman Ahmad Suvayd. U bu haqda payshanba kuni Saudiya qirolligining Milliy kuni bayrami sharafiga "Neytralnыy Turkmenistan" gazetasida e’lon qilingan maqolasida aytib o‘tgan

"Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, Turkmaniston xalqaro tinchlikni hamda xavfsizlikni barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda, shuningdek, u ulkan imkoniyatlarga va tabiiy zaxiralarga ega mamlakat", – deb yozadi elchi maqolasida.

Uning ta’kidlashicha, bu yil Saudiya Arabistoni bilan Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ladi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida boy tarixiy, diniy, madaniy va iqtisodiy ildizlarga asoslangan o‘ziga xos munosabatlar shakllangan. Shuningdek, Saudiya Podshohligi elchisi ikki mamlakat siyosiy sohada hamkorlik qilishini hamda turli mintaqaviy va xalqaro masalalarda harakatlarini muvofiqlashtirib borishini ta’kidlagan.

Turkmaniston rahbarining Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi sabrsizlik bilan kutilayotganini aytgan.