Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf al-Utaybiyni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida davlatlararo munosabatlarni siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda rivojlantirish istiqboli yuzasidan fikr almashildi.
[gallery-5595]
Tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish va amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyorligini bildirishdi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Tashqi ishlar vazirligi
matbuot xizmati