Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistoni delegatsiyasi Samarqandni ziyorat qildi
18:42 / 2022-09-30

Yurtimizda mehmon bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya Samarqandga tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Samarqand temir yo‘l vokzalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi. Shu yerda kechgan suhbat chog‘ida Saudiya Arabistoni shaharlari va Samarqand o‘rtasida ziyorat turizmi sohasida hamkorlikni kengaytirish, bu borada hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi. Ularga ushbu muqaddas maskanda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Majmua ochilgach, bu yerda ziyoratchilar uchun xalqaro talablarga mos qulaylik va imkoniyatlar yaratilishi ta’kidlandi.

Saudiyalik mehmonlar Samarqanddagi boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar va yangi ob’ektlar bilan ham tanishdi.

G‘.Hasanov, O‘zA