Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Saudiya Arabistoni Asadni Arab Ligasi sammitiga taklif qilmoqchi
12:36 / 2023-04-03

Saudiya Arabistoni Suriya Prezidenti Bashar Asadni 19 may kuni Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan Arab Davlatlari Ligasi sammitiga taklif qilishni rejalamoqda. Bu haqda “Reuters” agentligi ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Ularga ko‘ra, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Fаysal bin Farxan Оl-Saud yaqin haftalarda Damashqqa borib, Asadga sammitda qatnashish uchun rasmiy taklifni yetkazadi.   

Damashqning Arab Ligasidagi a’zoligi 2011 yil noyabr oyida Suriyada boshlangan ichki inqiroz avjida chiqqan paytda to‘xtatilgan edi. Aksariyat arab davlatlari Suriya hukumatining muxolifat bilan murosaga kela olmagani uchun o‘z elchilarini Damashqdan olib chiqib ketishdi va Suriyani iqtisodiy boykot qilishga qo‘shilishdi.  

Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlar mojaro paytida Suriya hukumatiga qarshi chiqqan qurolli guruhlarga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatib turgan.  

Yaqinda bir necha arab mamlakatlari, xususan, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon va Bahrayn Damashqdagi diplomatik vakolatlarini tikladi.  

O‘zA