“Leybnits algebralarining pre-differensiallashlari va o‘ng-kommutativ va chap-simmetrik algebralarning tasnifi” mavzusida
Sattarov Aloberdi Mo‘minjon o‘g‘lining 01.01.06 – “Algebra” ixtisosligi bo‘yicha “Leybnits algebralarining pre-differensiallashlari va o‘ng-kommutativ va chap-simmetrik algebralarning tasnifi” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.86.01 raqamli Ilmiy kengashning 2023-yil 23- may kuni soat 16:00 dagi onlayn majlisida bo‘lib o‘tadi.
Elektron onlayn manzil: http://himoya.bimm.uz/ https://us02web.zoom.us/j/7803181064
Konferensiya identifikatori: 780 318 1064
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 9- uy. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Tel.: (99871) 207-91-40;
E-mail: uzbmath@umail.uz