Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SAT xalqaro imtihonini O‘zbekistonning barcha hududlarida topshirish imkoniyati yaratiladi
16:30 / 2026-01-27

Bilim va malakalarni baholash agentligi delegatsiyasi AQSHda joylashgan “College Board” tashkilotiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif doirasida xalqaro imtihonlarni tashkil etish, ularning qamrovini kengaytirish hamda talabgorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari bo‘yicha muhim muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, SAT xalqaro imtihonini topshirish jarayonini yanada soddalashtirish va ommalashtirish maqsadida ushbu imtihonni respublika bo‘ylab barcha hududlarda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.  

Bu qaror abituriyentlarga imtihonni o‘z yashash hududida topshirish imkonini berib, ortiqcha vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Ayni paytda Bilim va malakalarni baholash agentligining 13 ta hududiy bo‘limida SAT imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlandi.  

Mazkur tashabbus yoshlarning xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanishini kengaytirish, shuningdek, ularning nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA