Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarvar Otamuratovning Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashuvi
20:08 / 2016-11-02

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 2-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov 2-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasi raisi U.Jalmenov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili T.Romanov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov o‘zining saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan va bugungi taraqqiyotimizning hayotiy dasturiga aylangan besh tamoyil asosida amalga oshirilayotgan islohotlar bardavomligini ta’minlash, tarixiy, madaniy, boy ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va an’analar asosida jamiyatda yuksak huquqiy va siyosiy madaniyatni mustahkamlash hamda ma’naviy yuksalishga erishish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan.

Dasturda madaniy meros obyektlarini himoya qilish masalasiga keng o‘rin berilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham tarixiy obidalar va muqaddas qadamjolar ko‘p. I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyi va Qoraqalpoq davlat O‘lkashunoslik muzeyida juda qimmatli qo‘lyozmalar, eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlari saqlanmoqda.

Nomzodning dasturida xalqimizning betakror va ulug‘vor tarixiy, madaniy va intellektual merosi, madaniyati va an’analarini asrab-avaylash, madaniy meros obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, hisobga olish ishlarini takomillashtirish, muzey, arxiv, kutubxonalar va boshqa joylarda saqlanayotgan madaniy meros obyekti belgilariga ega bo‘lgan eksponatlar, kolleksiyalar va arxiv hujjatlarini to‘liq toifalashtirish, bu boradagi qonunchilikni yanada takomillashtirish, YuNESKOning jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilmagan obyektlarni kiritish, yuksak estetik qimmatga ega bo‘lgan milliy hunarmandlik turlarini qayta tiklash va rivojlantirish, milliy badiiy maktablar an’analarini rivojlantirish kabi muhim vazifalar qayd etilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini yanada keng joriy etish, sportning barcha turlari, ayniqsa, Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan hamda milliy turlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bolalar sportini rivojlantirish masalalari bo‘yicha ham bir qator vazifalar ilgari surilgan.

Videokonferensiya tarzida o‘tgan uchrashuvda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o‘qituvchisi I.Seytnazarova, Nukus shahridagi 31-umumta’lim maktabi direktori V.Qalenova, Onkologiya kasalliklari dispanseri bosh shifokori M.Qurbonov va boshqalar nomzodning dasturi va unda belgilangan vazifalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarni 2016-yil 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.