English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sarvar o‘z biznesini boshlaydi
16:59 / 2014-07-25

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, tadbirkorlar, ayniqsa, ishbilarmon yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, tadbirkorlar, ayniqsa, ishbilarmon yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2010-yil 28-iyulda qabul qilingan “Ta’lim muassasalarining bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarini tugatgan yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlashda muhim dasturulamal bo‘layotir.

Toshkent viloyatida ham ushbu farmon ijrosi doirasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni bu sohaga keng jalb etish, uy mehnati va kasanachilikni rivojlantirish, yoshlarning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. «Yosh tadbirkor – yurtga madadkor» tanlovi bunda alohida ahamiyat kasb etayotir.

Tanlovning bu yilgi viloyat bosqichida 150 nafar yosh sanoat, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, servis xizmati kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z biznes loyihalari bilan qatnashdi. 13 nafar yigit-qiz tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini beradigan yo‘llanmaga ega bo‘ldi. 

– Tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etganimdan xursandman, – deydi Yangiyo‘l ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji o‘quvchisi Sarvar Kabirov. – Endi bankdan kredit olib, biznes loyiham bo‘yicha ish boshlayman.