Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sarmishsoy”da bo‘lib o‘tgan forum quvonchli onlarni tuhfa etdi
17:05 / 2021-06-30

Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tashabbusi bilan “Sarmishsoy” dam olish oromgohida shu yilning 27-30 iyun kunlari “Yoshlar birlashsak qudratli kuchmiz!” shiori ostida xalqaro yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Yoshlik, do‘stlik, hamjihatlik tuyg‘ularini qalblarda jo‘shtirgan qiziqarli dasturlar yoshlarni yanada faollikka chorladi. Forumning uchinchi kuni bo‘lib o‘tgan tadbirlar ishtirokchilar hayotida eng yorqin sahifa bo‘lib qoldi. Shu kuni qator sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa tadbirlarning yakuniy final bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, forum yopilish marosimi ishtirokchilarga cheksiz quvonch ulashdi. Unda so‘z olgan tashkilotchilar yoshlarga o‘zlarining tilaklarini izhor etdi. Turli loyihalarda g‘olib, deb topilgan bir guruh faol yoshlar homiylarning tashakkurnoma, pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

[gallery-2973]

NKMK “Farhod” madaniyat saroyi san’atkorlari va respublikadan tashrif buyurgan taniqli estrada yulduzlari yakuniy gala-konsertda ishtirokchilarga kuy-qo‘shiqlarni armug‘on etdi.  

 Forum “Sarmishsoy” darasini munavvar etgan mushakbozlik bilan yakunlandi.

 

O‘zA