Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyolik eng kuchli Alpomish va Barchinoylar aniqlandi
14:58 / 2025-08-18

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani mahallalarida yashaydigan 18-30 yoshdagi yigit-qizlar jamoalari o‘rtasida “Alpomish izdoshlari” va “Barchinoy avlodlari” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Bellashuv yoshlarning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazib, sportga qiziqish va intilishini yanada oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilib, chiniqtirish, jamoa bo‘lib harakatlanish ko‘nikmalarini mustahkamlab, sportning milliy turlarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.  

Qiziqarli, murosasiz kechgan musobaqalarning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida Nurbuloq mahallasi o‘g‘lonlari, xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Sharafobod mahallasi jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi.

G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri