French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyoda hokim o‘zgardi
17:19 / 2025-11-01

Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tashkiliy masala ko‘rilgan sessiyada Yakubov Odiljon Almaxamadovich tuman hokimi etib tayinlandi.

Odiljon Yakubov 1983 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini soliqlar va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.  

Mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli vazifalarda ishlagan. Denov va Termiz tumanlarida davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.  

Tayinlovga qadar Surxondaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgan edi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri