Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sariosiyoda firibgarning, Angorda asal o‘g‘risining jinoyati fosh etildi
16:08 / 2023-08-13

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi Erkin Sobirov (ism– shariflar o‘zgartirilgan) tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat etib, shu yilning 23 yanvar kuni Denov tumanida yashaydigan Ochildi Qo‘ldoshev uning ishonchiga kirib, yetishtirgan karam mahsulotini 22 million 845 ming so‘mga xarid qilaman, deb olib ketib hozirgacha pulini bermay kelayotganini ma’lum qilgan.

O.Qo‘ldoshevning bu qilmishi unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘ashga sabab bo‘ldi. 

Muzrabot tumanida yashaydigan Mansur Mahkamov viloyat ichki ishlar boshqarmasining “102” xizmatiga murojaat etib, Angor tumani hududidagi ochiq dala maydonida tunda qarovsiz qoldirilgan asalari vagonidagi ikkita idishdagi 85 kilogramm asalni noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganini xabar qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkor choralari natijasida ushbu o‘g‘rilikni Angor tumanida yashaydigan 26 yoshdagi Ozod Ochilov sodir etgani aniqlanib, undan ashyoviy dalil olingan. 

Asal o‘g‘risiga Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA